Kuzatuvchi.uz / INSON HUQUQLARI

INSON HUQUQLARI

Inson huquqlari - har bir insonning millati, yashash joyi, jinsi, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, dini, tili va boshqa belgilaridan qat'i nazar, ajralmas huquqlaridir. Barcha odamlar har qanday turdagi kamsitishlarni istisno qilgan holda, inson huquqlaridan bir xilda foydalanish huquqiga egadirlar. Ushbu huquqlar ozaro bogliq va ajralmasdir.

Insonning umumbashariy huquqlari kopincha shartnomalar, xalqaro odat huquqi, huquqning umumiy printsiplari va xalqaro huquqning boshqa manbalarida qonun korinishida mustahkamlangan va kafolatlangan. Inson huquqlari boyicha xalqaro huquq davlatlarga inson huquqlari va asosiy erkinliklarini rivojlantirish hamda himoya qilish boyicha majburiyatlarni yuklaydi.

2015-yil sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo davlatlar 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish maqsadlari to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. 2030-yilga mo‘ljallangan kun tartibida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar bilan mustahkamlangan bir qator muhim inson huquqlari majburiyatlari ko‘zda tutilgan bo‘lib bunda, barqaror rivojlanish maqsadlari, yoki Global Maqsadlar deb nomlanuvchi qashshoqlikni yoq qilish, sayyorani himoya qilish va barcha odamlarga tinchlik va farovonlik olib kelishga qaratilgan universal choralardir. Maqsadlar BMTga a'zo barcha davlatlar, shu jumladan, Ozbekiston tomonidan 2015-yil sentyabr oyida ma'qullangan. Ularga 2030-yilga qadar erishilishi kerak bolgan 17 ta maqsad kiritilgan bo‘lib, bularqashshoqlik yo‘q, ochlikning minimal darajasi, yaxshi sog‘liq va farovonlik, sifatli ta'lim, gender tengligi, toza suv va sanitariya, imkoniyatli va toza energiya, munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish, tengsizlikni kamaytiring, iqlimga qarshi kurash, qurilish, tinchlik va adolat, kuchli institutlar. Xalqaro huquqqa muvofiq, davlatlar inson huquqlarini hurmat qilish, himoya qilish va ularni ro'yobga chiqarish majburiyatlarini oz zimmalariga oladilar. Inson huquqlarini hurmat qilish, davlatning inson huquqlarini amalga oshirishga aralashmaslik va ularni cheklashdan tiyilishini anglatadi. Inson huquqlarini himoya qilish majburiyati davlatdan huquqbuzarliklarning oldini olishni talab qiladi. Inson huquqlarini amalga oshirilishi davlatga insonning asosiy huquqlarini tosqinliksiz amalga oshirilishini kafolatlash majburiyatini yuklaydi.

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 


20-02-2024, 09:31
Saytga qaytish