Kuzatuvchi.uz / FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH USULLARI

FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH USULLARI

Inson huquq va erkinliklarini Konstitutsiya va qonunlarda shuningdek, fuqarolarimiz o‘z huquqlarini himoya qilishlari mustahkamlab  belgilangan. Fuqarolik kodeksida   fuqarolik huquqlari quyidagi yo‘llar bilan himoya qilinishi ko‘rsatilgan:

huquqni tan olish; huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish; bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash; davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; shaxsning o‘z huquqini o‘zi himoya qilishi; burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; zararni to‘lash; neustoyka undirish;  ma’naviy ziyonni qoplash; huquqiy munosabatni bekor qilish yoki o‘zgartirish;  davlat organining yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining qonunga zid hujjatini sudning qo‘llamasligi.

Fuqarolik huquqlari qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan ham himoya qilinishi mumkinligi belgilangan.

 

 

M.SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.   

 

20-02-2024, 09:30
Saytga qaytish