Kuzatuvchi.uz / ELEKTRNI UZISH HAQIDA OGOHLANTIRISH BERISH TARTIBI QANDAY?

ELEKTRNI UZISH HAQIDA OGOHLANTIRISH BERISH TARTIBI QANDAY?

– Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr tarmog‘i xo‘jaligi ob’ektlarining rejali ta’mirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi mumkin bo‘lgan uzilishlar to‘g‘risida kamida 3 kun oldin ogohlantirishga majbur.

Shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishning to‘xtatib turilishi va buning sabablari to‘g‘risida ma’lumot berishga, joriy etiladigan cheklashlar haqida cheklashning hajmi va vaqtini ko‘rsatgan holda o‘z vaqtida xabar qilishga majbur hisoblanadi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

12-12-2024, 02:36
Saytga qaytish