“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasiga asosan nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshirishi belgilangan. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat beriladi.
Ya’ni, xususiy oliygohlarning diplomi davlat oliygohlari diplomi bilan teng kuchga egadir. Xususiy universitetlarni bitirib kelgan kadrlar maktabda o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.