Nikoh davomida olingan mol-mulk er va xotinning umumiy mulki hisoblanadi. Xususan, bunday mulk sirasiga quyidagilar kiradi:
– mehnat va tadbirkorlik faoliyatidan, shuningdek, intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlar;
– pensiya, nafaqa, shuningdek, moddiy yordam va kompensatsiya summalari (masalan, moddiy yordam, mayib bo‘lish yoki salomatligiga yetgan zarar uchun to‘langan summa va boshqalar) kiradi.
Mulk er yoki xotinning birining nomida bo‘lsa-chi?
Quyidagilar er-xotinning umumiy mulki hisoblanadi: er-xotinning umumiy puliga olingan ko‘char va ko‘chmas ashyolar, qimmatbaho qog‘ozlar, paylar (aksiyalar), omonatlar, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda boshqa har qanday mol-mulklari.
Ushbu mol-mulklar er yoki xotindan qaysi birining nomiga rasmiylashtirilgan, puli er va xotinning qaysi biri tomonidan to‘langan bo‘lishidan qat’i nazar, umumiy mol-mulk hisoblanadi (masalan, uy-joy, mashina, omonatlar).
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.