Sanitariya normalarini, qoidalari va gigiena normativlarini buzish:
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha;
mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, sanitariyaga oid qonunchilikni buzish, odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanish real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa,
bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish;
5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish kabi jazo choralaridan qo‘llanilishi mumkin.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.