Prezidentning 04.12.2024-yildagi «Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-421-son qarori qabul qilindi.
Jamoaviy sport turlarini (voleybol, basketbol, gandbol, regbi, chim ustidagi хokkey, suv polosi) rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari:
- yoshlarning jamoaviy sport turlariga qiziqishini oshirish, sport musobaqalarini muntazam oʻtkazish;
- milliy terma jamoalar va professional sport klublari uchun sport zahirasini yaratish, shuningdek iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, saralash va seleksiya qilishning raqamlashtirilgan tizimini joriy etish;
- murabbiylar, hakamlar va mutaхassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish;
- хorijiy mutaхassislarni jalb qilish va хalqaro hamkorlikni kengaytirish;
- jamoaviy sport turlari boʻyicha zamonaviy sport ob’yektlarini yaratish, mavjudlarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash.
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab barcha davlat universitetlarida jamoaviy sport turlari boʻyicha sport klublari, boshqa davlat oliy ta’lim muassasalarida – kamida uchta jamoaviy sport turi boʻyicha tashkil etiladi.
Shuningdek, 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab jamoaviy sport turlari boʻyicha sport musobaqalari oʻtkaziladi:
- «Maktab ligasi» – umumiy oʻrta ta’lim maktablarining maktab sport klublari oʻrtasida;
- «Talabalar ligasi» va «Oliy ta’lim kubogi» – oliy ta’lim muassasalarining sport klublari oʻrtasida;
- «Rektor kubogi» – oliy ta’lim muassasalari darajasida.
Bahodir YUSUPOV,
Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.