Kuzatuvchi.uz / KIMLAR PEDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG'ULLANISHLARI MUMKIN EMAS?

KIMLAR PEDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG'ULLANISHLARI MUMKIN EMAS?

Qonunga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/6888) quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi.

 

qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;

 

qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

 

pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan kasalliklari bo'lgan shaxslar;

 

psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.

 

Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog'liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.

 

Temur RAJABOV,

 Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsulti. 

 

17-02-2024, 04:51
Saytga qaytish