Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.
Quyidagi hollarda bitimni tasdiqlash uchun er yoki xotinning roziligi talab qilinmaydi:
- nikoh qayd etilgunga qadar sotib olingan;
- meros tariqasida yoki hadya shartnomasi bo‘yicha olingan;
- nikoh davomida sotib olingan avtomototransport vositasi nikoh shartnomasiga asosan taqsimlab olingan bo‘lsa;
- er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish to‘g‘risidagi sud hujjati yoxud notarial tartibda rasmiylashtirilgan kelishuv mavjud bo‘lsa.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.