Kuzatuvchi.uz / PEDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANDA DAVLAT BOJI TO‘LAMAYDI

PEDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANDA DAVLAT BOJI TO‘LAMAYDI

 “Pedagogning maqomi to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–901-son, 01.02.2024-y.)  bilan “Davlat boji to'g'risida”gi qonunga quyidagi qo'shimchalar kiritildi.

Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o'z sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini himoya qilish bilan bog'liq ishlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi.

 

Shuningdek, pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida pedagog xodimlarning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g'ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan Ma'muriy sudlarga shikoyat qilganda davlat bojini to'lashdan ozod qilinadi.

 

 

Bahodir YUSUPOV, 

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

17-02-2024, 00:08
Saytga qaytish