Kuzatuvchi.uz / UY BEKASI ISH STAJIGA EGA BO‘LISHI MUMKINMI?

UY BEKASI ISH STAJIGA EGA BO‘LISHI MUMKINMI?

Bugungi kunda band bo‘lmagan fuqarolarga o‘zini o‘zi band qilgan holda ijtimoiy soliq to‘lash orqali ish stajiga ega bo‘lish imkoniyati yaratilgan. 

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini-o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorida o‘zini-o‘zi band qiladigan shaxslar uchun 101 faoliyat turlaridan biri bilan shug‘ullanib, o‘zini o‘zi band qilgan holda ro‘yxatdan o‘tib, yiliga BHMning kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lagan holda 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishlari mumkin.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 


 

 

10-12-2024, 11:53
Saytga qaytish