Kuzatuvchi.uz / QO‘SHNILARNING TINCHINI BUZGANGA JAVOBGARLIK BORMI?

QO‘SHNILARNING TINCHINI BUZGANGA JAVOBGARLIK BORMI?

– Oilam bilan ko‘p qavatli uyda yashayman. Yuqori qavatdagi qo‘shnimiz har kuni mast holatda to‘polon qilib, hammaning tinchini buzadi. Bu ishi uchun qo‘shnilarning tinchini buzgan qo‘shnimizga javobgarlik bormi?

Qonunchiligimizda fuqarolarning osoyishtaligini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan mayda bezorilik uchun javobgarlik choralari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

10-12-2024, 10:58
Saytga qaytish