Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksning 42-moddasiga muvofiq, fuqarolarning tarbiya va ta’lim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda to‘sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik,
— bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mamlakatimizda “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kunning ulkan tarixiy o‘rni va ahamiyatiga bu qadar yuksak e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki ushbu sana ma’naviy va ma’rifiy, huquqiy va siyosiy jihatdan nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur norma nafaqat davlat tilini, balki yurtimiz hududida yashovchi boshqamillat va elatlarningtillariga hurmatsizlik bo‘lganda, to‘sqinlik va cheklash kabi harakatlarda ham javobgarlikni nazarda tutadi.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.