Kuzatuvchi.uz / XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI POCHTA XIZMATI ORQALI YETKAZIB BERISH XIZMATI YO‘LGA QO‘YILADI

XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTINI POCHTA XIZMATI ORQALI YETKAZIB BERISH XIZMATI YO‘LGA QO‘YILADI

Qaror (PQ-380-son, 04.11.2024-y.) bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

xorijga chiqish biometrik pasportini berganlik uchun undiriladigan davlat boji summasini qayta taqsimlash;

xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish;

voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganda uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarni bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirish.

            

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

10-12-2024, 10:39
Saytga qaytish