"2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 22.12.2023-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, 2024-yilda quyidagi qo'shimcha dam olish kunlari belgilandi:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat'i nazar):
▫️22-mart – juma;
▫️11-aprel – payshanba;
▫️18-iyun – seshanba;
▫️3-sentabr – seshanba;
▫️31-dekabr – seshanba.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
▫️2-yanvar – seshanba;
▫️23-mart – shanba;
▫️12-aprel – juma;
▫️31-avgust – shanba;
▫️30-dekabr – dushanba.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko'chiriladi:
▫️6-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – seshanba kuniga;
▫️13-aprel – shanba kunidan 12-aprel – juma kuniga;
▫️14-dekabr – shanba kunidan 30-dekabr – dushanba kuniga.
Rasulbek IBRAGIMOV,
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi.