Kuzatuvchi.uz / O‘ZBEKISTONDA SPORT MUSOBAQALARIDA “KELISHILGAN O‘YINLAR” UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK MAVJUDMI?

O‘ZBEKISTONDA SPORT MUSOBAQALARIDA “KELISHILGAN O‘YINLAR” UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK MAVJUDMI?

Jinoyat kodeksining 214(2)-moddasiga asosan sport musobaqalari natijalarini yoki ularning borishini qasddan o‘zgartirish maqsadida sportchining, trenerning, sport hakamining yoxud sport musobaqalari boshqa ishtirokchilarining va tashkilotchilarining ular bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora evaziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoxud bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari mazkur kodeksda sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olish ham belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Agar shaxs unga nisbatan tovlamachilik sodir etilgan bo‘lsa va u 30 kun ichida sodir bo‘lgan voqea haqida o‘z ixtiyori bilan xabar bergan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va jinoyatni ochishga faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Jinoyat kodeksining 214(2)-moddasiga asosan sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olish bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

8-12-2024, 13:15
Saytga qaytish