Kuzatuvchi.uz / QANDAY TURDAGI YER UCHASTKALARIGA SOLIQ SOLINMAYDI?

QANDAY TURDAGI YER UCHASTKALARIGA SOLIQ SOLINMAYDI?

Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:

- madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar mustasno) va ijtimoiy ta’minot ob’ektlari egallagan yerlar;

- sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, o‘quv-mashq bazalari va bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar;

- shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan, jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;

- aholi punktlarining suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish inshootlari;

- magistral issiqlik trassalari, shu jumladan, nasos (ko‘paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;

- ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar.

- suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar — suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga;

- qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar;

- melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;

- yangi barpo etilayotgan bog‘lar;

- ilmiy tashkilotlarning, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik bo‘lgan yerlar va o‘rmon fondining yerlari.

- qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shuningdek, ularga o‘rnatilgan hamda ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar egallagan yer uchastkalari.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

6-12-2024, 16:06
Saytga qaytish