28.12.2023-yildagi O‘RQ-891-son «Soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun bo‘yicha tushuntirishlarni tayyorlashdi.
• Soliqlar bo‘yicha da’vo muddati 3 yilgacha qisqartirildi.
2024 -yil 1-yanvardan boshlab soliq organlari biznesni 5 yil o‘rniga so‘nggi 3 yil uchun tekshirishga haqli.
• Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi o‘zgartirildi.
Ushbu chora soliq to‘lovchilarning ishini yengillashtirish, byurokratik sansalorlikni yo‘q qilish, pul va vaqt xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan.
• Endi kameral soliq tekshiruvining natijalariga ko‘ra qo‘shimcha hisoblangan to‘lovlarni to‘lash mumkin.
2024-yil 1-yanvardan boshlab soliq to‘lovchilarga kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliq summalarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.
• Soliq kodeksiga XMI va XHMT loyihalari uchun QQS bo‘yicha imtiyoz kiritildi.
2023-yil noyabr oyidan kuchga kirgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar uchun QQS bo‘yicha imtiyoz Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan.
• QQS bo‘yicha bir qator imtiyozlar bekor qilindi.
2024-yil 1-apreldan boshlab tibbiyot, veterinariya, kommunal xizmatlar va dori-darmon vositalarini realizatsiya qilishda QQS bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi.
• QQS to‘lovchilari doirasi kengaytirildi.
Chet ellik yakka tartibdagi tadbirkorlar QQS to‘lovchilariga aylanishdi.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.