Kuzatuvchi.uz / 18 YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLARNING MEHNATINI QO‘LLASH TAQIQLANADIGAN ISHLAR

18 YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLARNING MEHNATINI QO‘LLASH TAQIQLANADIGAN ISHLAR

Ro‘yxatga ko‘ra, quyidagi ishlarda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlanadi, jumladan:

 Ko‘mirni boyitish apparatchisi;

 Qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi;

 Yer osti kon ishchisi;

 Tarkibida olmos bo‘lgan konsentratlarni me’yoriga yetkazuvchi;

 Qora metallar ishlab chiqarish nazoratchisi;

 Olmoslar va o‘ta qattiq materiallarni silliqlovchi;

 Issiqlik tarmog‘idagi uskunalarni ta’mirlash bo‘yicha chilangar;

 Neft va gaz qazib olish bo‘yicha operator;

 Gaz taqsimlash stansiyasi operatori;

 Tibbiy preparatlarni dozalovchi;

 Tibbiy mahsulotlarni taxlovchi;

 Yuqori chastotali tok qurilmalarida payvandchi;

 Gipsni qizdiruvchi;

 Asfaltbetonchi;

 Novvoy;

 Xamir qoruvchi;

 Go‘sht mahsulotlarini kesuvchi;

 Muzqaymoq tayyorlovchi;

 Naqqosh;

 Yo‘lovchi tashuvchi poezd mexanigi-brigadiri;

 Tez tibbiy yordam stansiyalarining navbatchi tibbiyot xodimi.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

6-12-2024, 11:30
Saytga qaytish