Kuzatuvchi.uz / 2024-YILDA SOLIQLAR, YIG‘IMLAR VA AKSIZLARDA NIMALAR O‘ZGARDI

2024-YILDA SOLIQLAR, YIG‘IMLAR VA AKSIZLARDA NIMALAR O‘ZGARDI

Norma mutaxassislari ijtimoiy va yer solig‘i, suv va yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va boshqalarning o‘zgarishi bo‘yicha tushuntirishlarni tayyorlashdi.
 

Qat’iy belgilangan summada belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha foydali qazilmalarning ayrim turlariga 2023-yilda amalda bo‘lgan stavkalar o‘rtacha 12%ga indeksatsiya qilindi.

2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun amalda bo‘lgan soliq stavkalari 12 – 30% ga indeksatsiya qilingan.

2023-yilda amalda bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkalari o‘rtacha 12%ga indeksatsiya qilindi. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq stavkasi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga mo‘ljallangan yerlarning standart qiymatiga 0,95 foizida saqlanib qoldi.

28.12.2023-yildagi O‘RQ-891-son Qonuni aksiz solig‘i stavkalarini indeksatsiya qildi va gazlangan shakarli ichimliklar va energetiklarga aksiz solig‘ini joriy qildi.

Avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanish huquqi uchun yangi yig‘im joriy etildi, utilizatsiya yig‘imini qo‘llash doirasi kengaydi, kirish va tranzit uchun to‘lovni to‘lash qulaylashtirildi.

          O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va talabalar (ba’zi xizmatlardan olingan daromadlardan) 2024-yilgacha JShDS to‘lamagan. 28.12.2023-yildagi O‘RQ-891-son Qonuni ularni yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan soliq solishda deyarli tenglashtirdi.

               «Ish haqi» soliqlarining asosiy elementlari – soliq stavkalari, soliqlarni hisoblash va to‘lash tartibi, shu jumladan ShJBPHga 0,1% o‘tkazish, to‘lov muddatlari va hisob-kitoblarni taqdim etish – 2024-yilda o‘zgarmadi. Ammo o‘zgarishlar ham bor. Bu haqda batafsil Norma mutaxassislari tayyorlagan sharhda tanishishingiz mumkin.

2024-yilda yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlarda nimalar o‘zgardi?

     Qat’iy belgilangan summada belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha foydali qazilmalarning ayrim turlariga 2023-yilda amalda bo‘lgan stavkalar o‘rtacha 12%ga indeksatsiya qilindi.

      2024-yilda suv solig‘ida nimalar o‘zgardi?

2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun amalda bo‘lgan soliq stavkalari 12 – 30% ga indeksatsiya qilingan.

    2024-yilda yer solig‘ida nimalar o‘zgardi?

   2023-yilda amalda bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq stavkalari o‘rtacha 12%ga indeksatsiya qilindi.

   Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq stavkasi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga mo‘ljallangan yerlarning standart qiymatiga 0,95 foizida saqlanib qoldi.

    2024-yilda aksiz solig‘idagi o‘zgarishlar.

   28.12.2023-yildagi O‘RQ-891-son Qonuni aksiz solig‘i stavkalarini indeksatsiya qildi va gazlangan shakarli ichimliklar va energetiklarga aksiz solig‘ini joriy qildi.

    2024-yilda yig‘imlar to‘lovida nimalar o‘zgaradi.

    Avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanish huquqi uchun yangi yig‘im joriy etildi, utilizatsiya yig‘imini qo‘llash doirasi kengaydi, kirish va tranzit uchun to‘lovni to‘lash qulaylashtirildi.

     O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va talabalar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida soliq to‘laydi

 

 S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

9-02-2024, 22:51
Saytga qaytish