Kuzatuvchi.uz / “MAHALLALARDA FUTBOL INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA TARMOG‘INI KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”

“MAHALLALARDA FUTBOL INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA TARMOG‘INI KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”

Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va iste’dodli sportchilarni tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Bu nafaqat jismoniy tarbiya balki, mahallalarning ijtimoiy hayotini faollashtirishga ham hissa qo‘shadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 20-martdagi PQ-136-son qaroriga asosan, futbolni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlami eng quyi tizimgacha tushirish hamda mahallalardan boshlab iqtidorli yoshlarni saralab olish (seleksiya) tizimini yaratish maqsadida mahalladagi yoshlar yetakchisiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi: mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, mahallalarda mavjud bo‘lgan futbol bo‘yicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish,   mahallada futbol bo‘yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etish,  mahalla yoshlarining futbol bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shartsharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish bo‘yicha sport-ta’lim tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yish, mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchilami aniqlash hamda ularni professional futbol ta’lim muassasalariga yo‘naltirib boorish,  mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan ta’minlash va mahalla terma jamoalariga qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

29-11-2024, 06:29
Saytga qaytish