Kuzatuvchi.uz / ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL

ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL

Ish haqi saqlanmaydigan ta'til – bu xodimning ish beruvchidan ma’lum muddat davomida ta'tilga chiqishiga ruxsat so‘rash holati bo‘lib, bu davr mobaynida xodimga ish haqi to‘lanmaydi. Bunday ta'til odatda xodimning shaxsiy sabablari tufayli olinadi va u mehnat kodeksi asosida tartibga solinadi.

Ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta’til tushuniladi.

Mehnat kodeksining 241-moddasiga binoan,  xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak, deb belgilangan.

Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, karantin choralari amalga oshirilayotgan, favqulodda holat joriy etilgan davrda va butun aholining yoki uning bir qismining hayotiga yoxud normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’tilning uzluksiz yoki jamlangan davomiyligi ko‘paytirilishi, biroq ko‘pi bilan olti oygacha ko‘paytirilishi mumkin.

 

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

29-11-2024, 06:15
Saytga qaytish