Kuzatuvchi.uz / SHIFOKORLARNING JAVOBGARLIGI VA ULARNING FAOLIYATI USTIDAN SHIKOYAT QILISH

SHIFOKORLARNING JAVOBGARLIGI VA ULARNING FAOLIYATI USTIDAN SHIKOYAT QILISH

“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2667 ) 59-bandiga asosan, Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasini noto‘g‘ri rasmiylashtirgan, asossiz bergan xodimlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi belgilangan.

Mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi uchun javobgarlik davolash-profilaktika muassasalari rahbarlariga yuklatiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha davolash profilaktika muassasalari tomonidan mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilishda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasini berish masalalari bo‘yicha shikoyat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilot yoki sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

 

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

29-11-2024, 06:09
Saytga qaytish