Kuzatuvchi.uz / SERTIFIKATLANGAN URUG‘LIK TAYYORLASH VAZIFASI BOSQICHMA-BOSQICH PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARI VA XUSUSIY URUG‘CHILIK KORXONALARIGA O‘TKAZILADI

SERTIFIKATLANGAN URUG‘LIK TAYYORLASH VAZIFASI BOSQICHMA-BOSQICH PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARI VA XUSUSIY URUG‘CHILIK KORXONALARIGA O‘TKAZILADI

Paxtachilikda urugchilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qoshimcha chora-tadbirlari togrisidagi PQ-391-sonPrezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida yuqori hosildor xorijiy g‘o‘za navlari va duragaylarini olib kirish hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi paxta ekiladigan maydonlarning 10 foizigacha joylashtirishga ruxsat beriladi. 

Hududlarda har 2 yilda ekilayotgan navni to‘la almashtirish, har yili tegishli nav urug‘ini boshqa hududlardan olib kelish orqali urug‘ almashtirish va yillik qo‘shimcha urug‘ zaxirasini yaratish bilan kelgusida bosqichma-bosqich “tindirilgan urug‘” ekish amaliyoti joriy qilinadi.

Shuningdek, 2024-yildan:

G‘o‘za urug‘chiligida erkin raqobat muhitini shakllantirish va bozor munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha:

 paxta xomashyosi yetishtiruvchilarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urug‘lik tayyorlash vazifasi bosqichma-bosqich paxta-to‘qimachilik klasterlari va xususiy urug‘chilik korxonalariga o‘tkaziladi;

 2024-yil hosili uchun urug‘lik chigitni Paxtachilik kengashining xulosasiga asosan qo‘shimcha tarzda xususiy urug‘chilik korxonalari tomonidan yetkazib berish amaliyoti joriy etiladi;

 xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tish sharti bilan xususiy sertifikatsiya idoralarini tashkil etishga ruxsat etiladi.

2024-yil paxta hosilidan har bir hududda kamida 500 gektar maydonda yuqori agrotexnologiyalarga asoslangan tajriba maydonlarini tashkil qilib, paxta yetishtiruvchilar uchun amaliy dala seminarlari o‘tkazib boriladi.

2024-yil paxta yetishtirish mavsumi oxirigacha Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi tarkibida “e-urug‘” platformasi ishga tushiriladi.

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.




19-11-2024, 21:28
Saytga qaytish