Kuzatuvchi.uz / UY SHAROITIDA TIRIK PILLA YETISHTIRAYOTGANLAR DAROMAD SOLIG'IDAN OZOD QILINADI

UY SHAROITIDA TIRIK PILLA YETISHTIRAYOTGANLAR DAROMAD SOLIG'IDAN OZOD QILINADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1001-son, 15.11.2024-y.) bilan Soliq kodeksiga qo'shimcha kiritildi.

🔰Qonunga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda:

🔹jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan ozod qilinadi;

🔹uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to'lashga yo'naltiriladigan mablag'lar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;

🔹tutzorlar bilan band bo'lgan yer uchastkalari uchun yer solig'i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffisient qo'llanilgan holda hisoblab chiqariladi.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

19-11-2024, 18:34
Saytga qaytish