MJtK ning 187-moddasiga ko‘ra, ish joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, jamoat transportining barcha turlarida va boshqa jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish, bundan to‘ylar, yubileylar hamda boshqa tantanalar va marosimlar o‘tkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlari mustasno, — bazaviy hisoblash miqdorining 1/2 qismi (187 500 sum) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Agar bir marta yuqoridagi jarimani to‘lagandan keyin bir yil davomida yana bir marta jamoat joyida ichib qo‘lga tushgan shaxslar ikkinchi safar 187 500 sumdan 750 000 so‘mgacha jarima to‘lashlari mumkin.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.