Kuzatuvchi.uz / O‘QUVCHISI OLIMPIADADA 1-O‘RINNI OLGAN O‘QITUVCHIGA QANCHA PUL MUKOFOTI BERILADI ?

O‘QUVCHISI OLIMPIADADA 1-O‘RINNI OLGAN O‘QITUVCHIGA QANCHA PUL MUKOFOTI BERILADI ?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ – 4306-sonli "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida" gi qarori 5-bandiga ko‘ra asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi: 

1-o‘rin uchun — 50 baravari(16 mln 500 ming so‘m);

2-o‘rin uchun — 35 baravari(11 mln 550 ming so‘m);

3-o‘rin uchun — 30 baravari(9 mln 900 ming so‘m) miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Ushbu qoidaning mazmuniga kora sizga oquvchingiz respublika olimpiadasida 1-orinni olgani uchun bir martalik BHMning 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladiBu mukofotni olish uchun siz tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishingiz lozim.



R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

20-10-2024, 13:54
Saytga qaytish