Qonunchilikka ko'ra, quyidagi yangi xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali ko'rsatilishi belgilangan:
doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro'yxatdan o'tkazish hamda muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish;
xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarni hisob ro'yxatiga olish;
nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo'lgan xodimlarini, shuningdek, ularning oila a'zolarini akkreditatsiya qilish;
nodavlat notijorat tashkilotlarining ramziy belgilarini davlat ro'yxatidan o'tkazish.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.