Qonunchilikka ko'ra, davlat xizmatlari markazlari, "Lisenziya" axborot tizimi (license.gov.uz) hamda YIDXP (my.gov.uz) orqali ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to'langan davlat bojlari, yig'imlar va boshqa har qanday to'lovlarning 50 foizi ularga 1 ish kunida qaytarilishi belgilangan.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.