Kuzatuvchi.uz / DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISI CHET ELDA MOL-MULK OLISHI MUMKIN EMAS

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISI CHET ELDA MOL-MULK OLISHI MUMKIN EMAS

Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisi O'zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo'lishga, ko'chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga haqli emas. 

Bundan chet davlatda ta'lim olish, stajirovka o'tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno.

Shuningdek, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo'lishga, tadbirkorlik faoliyati subyektida tashkiliy-boshqaruv, ma'muriy-xo'jalik vazifalarini bajarishi mumkin emas.

Bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo'lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno.

 

           S.BERDIQILICHOV, 

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

20-10-2024, 13:19
Saytga qaytish