Kuzatuvchi.uz / QONUNCHILIKDA 1-OKTABRDAN NIMALAR O‘ZGARDI ?

QONUNCHILIKDA 1-OKTABRDAN NIMALAR O‘ZGARDI ?

Xavflilik darajasi yuqori bo'lgan mahsulotlar ro'yxatdan o'tkaziladi.  

Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtiriladi. 

Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanganlarga birlamchi ko'mak xonalari tashkil etiladi.

Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo'shimcha litsenziya talablari joriy etiladi. 

Parranda go'shtini olib kirishda belgilangan bojxona boji bo'yicha imtiyoz bekor qilinadi.

Yoshlar ishlari agentligi xususiy o'quv markazlarining reytingini tuzadi.

Davlat xaridlari tizimida jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.

Nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi.

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi xodimlari rag'batlantiriladi.

Nogironligi bo'lgan shaxslarga qulay va to'siqlarsiz muhit yaratiladi.

Zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi.

Zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalarni import qilishda bojxona bojidan ozod etiladi.

Ovchilik guvohnomasini berishning yangi tartibi o'rnatiladi. 

Pedagog xodimlarning ish haqi miqdori 15 foizga oshiriladi.

Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi.

Modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi.

 

           S.BERDIQILICHOV, 

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

20-10-2024, 13:13
Saytga qaytish