Kuzatuvchi.uz / QANDAY XOLATLARDA FUQARO HARBIY XIZMATDAN OZOD ETILISHI MUMKIN?

QANDAY XOLATLARDA FUQARO HARBIY XIZMATDAN OZOD ETILISHI MUMKIN?

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat” to‘g’risidagi qonunning 22-moddasiga asosan, Harbiy xizmatga majbur bo‘lgan shaxslar qo‘yidagi xolatlarda harbiy xizmat o‘tashdan ozod etiladi:

salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;

yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;

ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

30-09-2024, 23:18
Saytga qaytish