Kuzatuvchi.uz / I VA II GURUH NOGIRONLIK PENSIYASI TAYINLANGANIDAN KEYINGI ISHLAGAN VAQT ISH STAJIGA QO‘SHILADIMI?

I VA II GURUH NOGIRONLIK PENSIYASI TAYINLANGANIDAN KEYINGI ISHLAGAN VAQT ISH STAJIGA QO‘SHILADIMI?

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘gʼrisida”gi Qonunning 37-moddasiga ko‘ra, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

30-09-2024, 23:11
Saytga qaytish