Kuzatuvchi.uz / O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGIGA QABUL QILISH VA UNI TIKLASH TARTIBI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGIGA QABUL QILISH VA UNI TIKLASH TARTIBI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunining 18–22-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish: umumiy tartibda; soddalashtirilgan tartibda; alohida tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning umumiy tartibi chet davlat fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u:

  1. a) chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirgan bo‘lsa;
  2. b) fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan eʼtiboran va O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida uzluksiz besh yil davomida doimiy yashab kelayotgan bo‘lsa;
  3. v) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
  4. g) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;
  5. d) davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa. Davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

30-09-2024, 23:05
Saytga qaytish