Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifadagi bolalar bogʼchaga joylashtirilishda boshqalarga qaraganda ustunlikka ega bo‘ladi.Ular,
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;
ko‘p bolali oilalarning bolalari;
yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;
“Аyollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʼiz ayollarning farzandlari;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari;
akalari yoki opalari ushbu bogʼchaning tarbiyalanuvchilari bo‘lgan bolalar;
ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan bogʼchalardan umumiy turdagi bogʼchalarga o‘tkazilayotgan sogʼaygan bolalar.
R.AMINOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.