Kuzatuvchi.uz / DEHQONCHILIK UCHUN YERLAR AHOLIGA 30 YILGA IJARAGA BERILADI?

DEHQONCHILIK UCHUN YERLAR AHOLIGA 30 YILGA IJARAGA BERILADI?

Prezidentning 10.09.2022-yil kungi PQ-373-son “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʼrisida”gi qarori qabul qilingan

Qarorga ko‘ra, fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va gʼalladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv taʼminoti yaxshi bo‘lgan yerlardan 2023 — 2025 yillarda 120 ming gektar ekin maydonlarini aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish belgilangan.

Mazkur ekin maydonlari 30 yil muddatga:

suv taʼminoti yaxshi bo‘lgan yerlardan – Аndijon, Namangan va Fargʼona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda;

kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda ijaraga beriladi.

“Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xo‘jaligi uchun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun barcha imtiyozlar bir yilga saqlab qolinadi.

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

30-09-2024, 22:26
Saytga qaytish