Bolalar nafaqasi berilishi o‘zidan-o‘zi to‘xtab qolmasligi kerak.Buning uchun qonuniy sabab bo‘lishi kerak. Hukumatning 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, ijtimoiy nafaqalar to‘lanishi quyidagi hollarda to‘xtatiladi
tayinlash muddati tugaganda;
ariza beruvchi yoki uning oila aʼzosi tomonidan Pensiya jamgʼarmasi bo‘limiga to‘lov to‘xtatilishini so‘rab ariza taqdim qilinganda;
oila doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ko‘chib ketganida;
nafaqa texnik nosozlik natijasida, shuningdek, arizani kiritishda va boshqa texnik xatolar oqibatida noto‘gʼri tayinlanganligi aniqlangan taqdirda;
bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni tayinlash to‘gʼrisidagi qarorga taʼsir ko‘rsatgan ariza beruvchi tomonidan noto‘gʼri va ishonchsiz maʼlumotlar taqdim etilganligi yoki to‘liq taqdim etilmaganligi aniqlanganda;
ortiqcha to‘lovlar aniqlanganda (Vaqtincha) to‘xtatiladi.
R.AMINOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.