Kuzatuvchi.uz / MEROSGA EGALIK QILISH

MEROSGA EGALIK QILISH

Qonunchilikka ko‘ra, merosxo‘r o‘ziga tegishi kerak bo‘lgan merosni yoki o‘z ulushini meros ochilgan vaqtdan olish huquqiga ega bo‘ladi. Meros ochilgan joydagi notarius merosxo‘rning iltimosiga ko‘ra unga merosga bo‘lgan huquqi to‘gʼrisida guvohnoma berishi shart.Merosga bo‘lgan huquq to‘gʼrisidagi guvohnoma meros ochilgan kundan eʼtiboran 6 oy o‘tganidan keyin beriladi.Notarius tegishli guvohnoma berishni so‘rab murojaat etgan shaxslardan boshqa merosxo‘rlar yo‘qligi to‘gʼrisida maʼlumotlarga ega bo‘lsa, guvohnoma 6 oy o‘tmasdan oldin berilishi mumkin.

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

30-09-2024, 22:18
Saytga qaytish