Kuzatuvchi.uz / O‘RTACHA OYLIK ISH HAQINI HISOBLAB CHIQARISH TARTIBI QANDAY?

O‘RTACHA OYLIK ISH HAQINI HISOBLAB CHIQARISH TARTIBI QANDAY?

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga asosan o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda unga ta’tillar vaqtiga haq to‘lash, ishdan bo‘shatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini to‘lash, shuningdek oliy ta’lim tizimida o‘qish, qayta tayyorlash va malaka oshirish davri uchun o‘rtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarib kunidagi tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib chiqqan holda ularni o‘n ikkidan birga (olti oy to‘liq ishlaganlarga oltidan birga; yetti oy to‘liq ishlaganlarga yettidan birga va hokazolar), o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun hisoblash davrida tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani o‘ndan birga oshirgan holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qo‘shimcha ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ish haqiga qo‘shimcha haqlar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar hisoblanadigan boshqa to‘lovlar kiradi (koronavirus pandemiyasi davrida xodimlarga beriladigan barcha qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari, jumladan maxsus to‘lovlar, kunlik qo‘shimchalar, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar va zararligi uchun qo‘shimcha ustamalardan tashqari).

Yil oxirida ortiqcha bajarilgan soatlar uchun o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq ushbu soatlar bajarilayotgan vaqtda amalda bo‘lgan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.

Xodimlarning salomatligiga mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi ish beruvchi tomonidan qoplanishi uchun summalar hisob-kitobi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

 Mehnatga yaroqsizlik, homiladorlik va tug‘ish varaqalari bo‘yicha to‘lovlar (nafaqalar hisoblash) hisob-kitobi Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

30-09-2024, 22:14
Saytga qaytish