Kuzatuvchi.uz / O‘RINDOSH ASOSIDA ISHGA KIRAYOTGANDA QANDAY HUJJATLAR KERAK BO‘LADI?

O‘RINDOSH ASOSIDA ISHGA KIRAYOTGANDA QANDAY HUJJATLAR KERAK BO‘LADI?

Mehnat kodeksining 434-moddasiga ko‘ra, asosiy ish joyidan tashqari boshqa ish beruvchiga o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar quyidagilarni taqdim etishi shart:

pasportni yoxud uning o‘rnini bosuvchi hujjatni yoki identifikatsiya ID-kartasini;

asosiy ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha maʼlumotnomani;

bajarilishi uchun qonunchilikka muvofiq faqat muayyan ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ishga o‘rindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani;

diplomni, guvohnomani (sertifikatni) yoki taʼlim to‘gʼrisidagi yoki kasbiy tayyorgarlik haqidagi boshqa hujjatni, agar bunday ish maxsus bilimlarni yoxud maxsus tayyorgarlikni talab qilsa;

mehnat sharoitlari zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishga qabul qilish chogʼida asosiy ish joyidan mehnatning xususiyati va shartlari to‘gʼrisidagi olingan maʼlumotnomani;

jamgʼarib boriladigan pensiya daftarchasini.

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

30-09-2024, 22:06
Saytga qaytish