Kuzatuvchi.uz / NUTQIDA, ESHITISH VA KOʼRISHIDA OGʼIR NUQSONLARI BOR BOLALAR UCHUN BOGʼCHA PULI TOʼLANMAYDI

NUTQIDA, ESHITISH VA KOʼRISHIDA OGʼIR NUQSONLARI BOR BOLALAR UCHUN BOGʼCHA PULI TOʼLANMAYDI

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʼchalarda ota-onalar toʼlovi undirilmaydi:


nutqidagi ogʼir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi); eshitishdagi ogʼir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik); koʼrishdagi ogʼir nuqsonlar (koʼzi ojizlik (amovroz); tugʼma nuqsonlar (mikroftal’m, mikrokornea, anoftal’m, toʼr pardaning rivojlanishidagi tugʼma nuqsonlar; koʼrish nervining atrofiyasi, koʼrish nervi disk va makulasining ogʼir darajadagi gipoplaziyasi, al’binizm, aniridiya, koʼrish oʼtkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada toʼliq yoki qisman xiralashish, koʼrish oʼtkirligi 0,4 gacha), afakiya (koʼz gavxari yoʼqligi, koʼrish oʼtkirligi 0,4 gacha), koʼz gavxari siljishi (joy oʼzgarishi); glaukoma (tugʼma, ikkilamchi); toʼr pardaning koʼchishi); tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; koʼkrak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar serebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomielit asoratlari; toʼgʼma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); toʼgʼma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyigi holat); psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi); aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (yengil va oʼrta darajadagi aqliy zaiflik); murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi)

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

8-02-2024, 09:45
Saytga qaytish