Kuzatuvchi.uz / NIKOH YOSHI TO‘G’RISIDAGI QONUCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK?

NIKOH YOSHI TO‘G’RISIDAGI QONUCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK?

Oila kodeksining 47 prim 3-moddasiga ko‘ra,

nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

R.AMINOV,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

30-09-2024, 22:03
Saytga qaytish