Kuzatuvchi.uz / BITMAS-TUGAMAS BOYLIK

BITMAS-TUGAMAS BOYLIK

Non ikkiga bo‘linsa ikki kishiga yarimtadan to‘g‘ri keladi. Uch ming so‘m uchga taqsimlansa, har bir kishiga ming so‘mdan tegadi. Bir gektar yer o‘n kishiga bo‘lib berilsa, har bir kishi o‘n sotih yerga ega bo‘ladi. Moddiy narsalar taqsimlanganida kamayadi, tugaydi. Lekin ma‘naviy boylik, jumladan ilm ulashilsa ham kamaymaydi, aksincha tarqatilgani sayin ko’payadi. Bilimga intilish ko‘pchilik uchun jozibador bo‘lgan umrbod sayohatdir. Bu nafaqat hayotning barcha sohalariga ta‘sir qiluvchi shaxsiy o’sish va rivojlanishning asosiy jihati. Tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishdan tortib innovatsiya va ijodkorlikni rivojlantirishgacha, bilimli bo‘lishning foydalari juda keng. Shuningdek, qiziquvchan ongni rivojlantirish bilimli bo‘lish yo‘lidagi hal qiluvchi qadamdir. Bu bilim olish uchun zarur bo‘lgan ijodkorlikni, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini va o‘sish tafakkurini rivojlantiradi. O‘z qiziqishini boshqarish va foydali mashg‘ulotlarga ustunlik berish orqali insonlar qiziqishning mumkin bo‘lmagan tuzoqlaridan qochishlari va uning afzalliklaridan to‘liq foydalanishlari mumkin. Bilimdon bo‘lish esa qiziquvchanlikdan boshlanadigan sayohatdir. Qiziqarli fikrlashni o‘zlashtirgan holda, odamlar o’zlarining ufqlarini kengaytirishlari, yangi tushunchalarini chuqurlashtirishlari mumkin. Bunga erishish uchun savollar berish, turli xil ma‘lumot manbalarini izlash va bilimga doimiy tashnalikni saqlash juda muhimdir. Bundan tashqari, ilm to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beradi va intelektual o‘sishni rag‘batlantiradi, bu esa odamlarga bilim sari ishonch bilan borishga imkon beradi. Bilim va tushunish dunyosini ochish, odamlarga ongli qarorlar qabul qilish va jamiyatga ijobiy hissa qo‘shish imkoniyatini beruvchi kalitdir. Odamlar qancha ilmli bo‘lmasin, bilganini boshqalarga yetkaza olmasa, og‘zaki va yozma nutqi ravon bo‘lmasa, bilimi o‘zida qolib ketadi, undan ko‘pchilik foydalana olmaydi. Ya’ni bularni ilmini tuproqqa olib ketadiganlar deyishadi. Darhaqiqat, o‘rgangan, anglagan ilmlarimizni boshqalarga ulashsak, yordam bersak, u insonga ham foyda, shuningdek, bilim bergan insonga ham foydadir chunki ulashilgan bilim kamaymaydi, unitilmaydi aksincha yanada ko‘payadi. Jumladan, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi rahbari Ra'no Vapayeva o‘z fikrlarini bildirdi.

"Ya’ni har qanday ma‘lumot yoki fikr yozilmaguncha, kitob holida nashr etilmaguncha ilm sifatida qabul qilinmaydi. Ayniqsa, hozirgi zamonda. Masalan, falon kitobning falon betida shunday deyilgan, deb xujjat keltiriladi. Lekin falon ma’ruzaning falon daqiqasida shunday deyilgan deb aytilmaydi. Kitob-ilm manbai. Ilm kitobdan olinadi. Ma’ruzalar ham kitob asosida tayyorlanadi. Shunday ekan ilm olishning ham erta kechi bo‘lmaydi. Ilm olish uchun maqsad va harakatni to‘g‘ri qo‘ya bilish zarur” deydi- Ra‘no Vapayeva.     

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

30-09-2024, 12:16
Saytga qaytish