Kuzatuvchi.uz / . SHTATIGA QISQARTIRISH KELGAN HODIM MUDDATIDAN AVVAL PENSIYAGA CHIQISHI MUMKIN

. SHTATIGA QISQARTIRISH KELGAN HODIM MUDDATIDAN AVVAL PENSIYAGA CHIQISHI MUMKIN

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonunning 14-moddasiga ko‘ra texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

 Erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

 Ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar deb belgilangan.

Demak, shtatiga qisqartirish kelgan hodim muddatidan ikki yil avval pensiyaga chiqishi mumkin, faqat buning uchun u yuqorida ko‘rsatilgan yoshga va ish stajiga ega bo‘lishi xamda mehnat organlarida ishsiz deb e’tirof etilgan bo‘lishi kerak.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

30-09-2024, 12:10
Saytga qaytish