Kuzatuvchi.uz / DAVLAT XARIDINI BEKOR QILISH QANDAY BO‘LADI ?

DAVLAT XARIDINI BEKOR QILISH QANDAY BO‘LADI ?

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida” qonuni 12.03.2021-yil qonuninga asosan davlat buyurtmachisi g‘olib bo‘lgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda davlat xaridini bekor qilish huquqiga ega. Davlat xaridi bekor qilingan taqdirda davlat buyurtmachisi bunday qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimi orqali maxsus axborot portalida mazkur qarorning asoslantirilgan sabablarini e’lon qiladi.

Davlat buyurtmachisi davlat xaridi bekor qilinganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, bundan bekor qilish davlat buyurtmachisining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibati bo‘lgan hollar mustasno.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

30-09-2024, 11:58
Saytga qaytish