Kuzatuvchi.uz / KREATIV IQTISODIYOT BO‘YICHA IV BUTUNJAHON ANJUMANI TOSHKENTDA O‘TKAZILADI

KREATIV IQTISODIYOT BO‘YICHA IV BUTUNJAHON ANJUMANI TOSHKENTDA O‘TKAZILADI

Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani Toshkentda o‘tkaziladi.

“Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumanining Toshkent shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-301-son, 23.08.2024-y.) qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, 2024-yil 2–4 oktabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani o‘tkaziladi.

            Butunjahon anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuziladi hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

O‘zbekistonda 2030-yilgacha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni 2025–2026 yillarda amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi Butunjahon anjumani yakuni bo‘yicha ishlab chiqiladi.

Butunjahon anjumani doirasida Fransuz madaniyat markazi, Milliy restavratsiya markazi loyihalari, shuningdek, Abulqosim madrasasi va “Ohunguzar” madaniy meros obyektida kreativ iqtisodiyot klasterlarini yaratish loyihalari taqdimotlari o‘tkaziladi.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

30-09-2024, 11:26
Saytga qaytish