Kuzatuvchi.uz / BILASIZMI?

BILASIZMI?

Ma’muriy sudlarning asosiy vazifasi fuqarolar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish hisoblanadi.

 

Ma’muriy sudlarning birinchi navbatdagi vazifasi fuqarolar va tadbirkorlarning davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bir qatorda ular huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hisoblanadi.

 

Sudlar tomonidan da’vo arizasi, ariza hamda shikoyat sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababi bilan rad etilmaydi, bunda ish uni ko‘rib chiqishga vakolatli sudga o‘tkaziladi. Ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorida aniqlangan holatlar boshqa ishni ko‘rayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud uchun majburiy hisoblanadi.

 

Bir sud ishi doirasida ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirish taqiqlanadi

 

 

J.ABDUKARIMOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.



31-01-2024, 04:24
Saytga qaytish