Kuzatuvchi.uz / QONUNCHILIKKA KO‘RA

QONUNCHILIKKA KO‘RA

Sug‘urtaning barcha turlari bo‘yicha sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish va sug‘urta polislarini ushbu tizim orqali rasmiylashtirish majburiy hisoblanadi;

barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi;

sug‘urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ladi hamda sug‘urtalovchi tomonidan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi;

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urtalovchilar tomonidan ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlari sifati bo‘yicha sug‘urtalovchilar reytingini yuritadi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

30-09-2024, 11:18
Saytga qaytish