Kuzatuvchi.uz / O'QOTAR BO'LMAGAN QUROLNI O'Z IXTIYORI BILAN TOPSHIRGAN SHAXSLAR JAVOBGARLIKKA TORTILMAYDI

O'QOTAR BO'LMAGAN QUROLNI O'Z IXTIYORI BILAN TOPSHIRGAN SHAXSLAR JAVOBGARLIKKA TORTILMAYDI

O'qotar bo'lmagan qurolni o'z ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-946-son, 27.08.2024-y.) bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga qo'shimcha kiritildi.

Unga ko'ra, shaxs o'zining qonunga xilof egaligida bo'lgan pnevmatik, signal beruvchi, tig'li sovuq, uloqtirish quroli va o'zini o'zi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirsa ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

30-09-2024, 11:16
Saytga qaytish