Kuzatuvchi.uz / FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI DAVLAT TOMONIDAN YANADA QO‘LLAB-QUVVATLANADI

FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI DAVLAT TOMONIDAN YANADA QO‘LLAB-QUVVATLANADI

Fuqarolik jamiyati institutlari davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlanadi.

“Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

davlat va jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yana-da oshirish;

jamiyat manfaatlari va aholining haqiqiy ehtiyojlarini ko‘zlagan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;

davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli ijtimoiy sheriklikni yana-da rivojlantirish;

taʼsirchan jamoatchilik nazorati olib borilishini rag‘batlantirish;

fuqarolik jamiyati institutlarining xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yish;

fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

30-09-2024, 11:09
Saytga qaytish